Bu vaqtda Artur bir insonni bir qoʻli bilan boʻynidan koʻtarib uyida turar edi. Yonida esa qonga botgan boltasini sochiq bilan artayotgan Rina oʻtirib. Artur ishlariga va soʻzlariga etibor berib turar edi.
Artur ushlab turgan qora mato orqali yopilgan inson esa. Boʻynidan qon kelayotgan edi. Va qon sizib chiqishi birdan tezlasha boshladi. Arturni qoʻliga ham qon oʻtganida esa Artur gap boshladi.
Borib xoʻjayiningga ayt. U kim bilan oʻynashayitganini bilib qoʻysin. Toʻgʻri men bu dunyoda ancha zaiflashgandurman ammo hali ham. Ruhlar lordiman va agar hayotidan toʻymagan boʻlsa menga qarshi chiqishni toʻxtatsin deya odamni yerga zarba bilan tashladi.
Ammo bu osma zarbani sezmadi chunki oʻlib boʻlgan edi.
Artur Rinaga qarab. Agar bunday hujumlar koʻpaysa muammo boʻlishni boshlaydi. Tezroq 20foiz kuchimga erishishim kerak. Ammo afsuski hali ham tanamga katta miqdorda ruhiy kuch oʻtkazib boʻlmaydi. Shu sababli ham barcha kuchimni tiklash ancha vaqt oladi!
Rina- siz toʻliq ruhiy kuchingizni chaqirmagan boʻlsangiz ham sezilarli darajada kuchlisiz. Hattoki hozir ham sizning ruhiy kuchingiz haddan tashqari koʻp.
Artur- qiziq hozir qolganlar qanday ahvolda ekan ular hali bilmasa kerak ammo raqib zaif emasligini koʻnglim sezayabdi.
Rina- demak ularni allaqachon jang qilayotganidan xabaringiz bor. Hmm unda nega yordam bermaymiz.
Uying tashqarisini himoya qilayotgan Mirinda ham shuni soʻradi. Nega?
Artur- chunki bu ularning oʻsishi uchun yagona yoʻl. Bu jang albatta ularni oʻzgartiradi. Bunga men ishonaman!
Bu vaqtda Megumi Hirmust uyida oʻtirib.
Tshunarli demak Legend uygʻondi. Bu rejalarda yoʻq edi shu sababli ham rejalarni buzmaslik uchun Orangening 5-tanasiga oʻzim ham biroz kuch oʻtkazishim kerak. Deya qoʻligi havoga yoʻnaltirib sehr qoʻlladi.
Shu onda Orangening tanasi havoga koʻtarildi. Va qolgan tanalar ham unga ergashib havoga koʻtarila boshladi.
Va toʻrtinchi tana qolgan tanalarni oʻziga torta boshladi. 1-2-3-va 4chi tanalar bir deganda birlashib ketdi.
Kronvel ham Legend ham endi uygʻongan. Qolganlar Lina esa oʻrnidan zoʻrgʻa turayotgan. Gron esa tanasini maksimalni tepaga tortayotgan. Alexiya- holatni koʻrib pazitsiyasion holatga oʻtayotgan edi. Ammo bu yerda tezlikda jang boshlanib ketishidan ham yomonroq narsa bor ekanligini sezmayotgan Sina. Be extiyor diqqat bilan qarab Orangening oʻzgarayotgan tanasiga yaxshilab etibor berdi. Nimadur gʻalati. U oldingidek emas va Orangening qoʻlidan chiqayotgan sariq dumaloq narsa nima?
Sina ahir bu….. tortish deya oʻziga tortib yubordi.
Bu narsa esa juda ulkan portlash hosil qila oladigan boʻmba edi.
Sariq dumaloq boʻlgan bu kuch toʻsatdan gʻoyib boʻldi. Va tortish tufayli Sina ichiga kirib ketdi. Va bir lahzada.
Tushuntirish.
Ixtirochi- yoshligimda bir film koʻrgan edim unga koʻra askarlar agar boʻmba bor joyga kirib qolsa askarlardan biri qolganlar hayotini saqlab qolish uchun boʻmba ustiga yotib olar edi. Va shunda boʻmba faqat yotgan odam ichida portlar qolganlarga esa yetib bormas edi. Agar bu narsa rost boʻlsa demak portlsh holatida inson oʻzini qurbon qilish orqali qolganlar hayotini saqlab qoladi.
Va ainan shunday narsa Sinada ham boʻldi. Boʻmba tanasi ichiga kirib ketga Sianning tanasi bir lahzada ichkaridan portlab ketdi!
Gʻalati tana portladi va buni hamma koʻrdi va Sina endi oʻlayotgan edi. Ammo unda nega u hotirjam unda nega u kulmoqda. Chunki u oddiy oʻlim topmadi u qandaydur narkotik yoki tamaki taʼsirida oʻlmadi. U qahramonlarcha oʻlim topdi u doʻstlarini saqlab qolish uchun oʻzini qurbon qildi!
Alexiya- Sinaaa shu zahoti qilichini tashlab Sina tomonga otildi.
Vaziyatni koʻrib turgan Legend esa qilichini oldiga tezlikda yugurib bora boshladi.
Kronvel- yerga tizzalab oʻtirib. Qoʻlini yerga qoʻydi va rahmat va seni qurbonliging shunchaki ketmaydi qizaloq. Qasos ainan shunday joy va vaziyatlarda ishlaydi!
Lina- jin ursin jin ursin jin ursin deya yotgan joyida yerni mushtlab ura boshladi.
Yanami? Yana jamoamdan odman oʻldi! Nega yoʻq toʻxta men. Bunday oʻtirishim yaramaydi. Menga ainan shu narsa va voqea kuch berishi kerak. Qani jin ursin tana oʻrningdan tur va men sen uchun hozir qasos olaman. Qani boʻl!
Gon- gapirmoqchi edi u ham huddi Sina kabi qon qusib yubordi. Ammo buni koʻrsatmaslikka harakat qildi. Vaziyat yomon. Ekanligini juda yaxshi tushunib turgan Gron ikki temir qoʻliga tayanib oʻrnidan turib oldi. Ammo qovurgʻalar sinib ketgan va oʻz gavdasini koʻtara olmayotgan edi.
Bu vaqtda esa Orange- Megumi haa yana senga rahmat aytishim kerak. Chunki ainan sen sababli ham men bu 5-tanamdagi barcha kuchni juda oz fursatlarda ochdim. Haa endi hech kim meni yenga olmaydi va men tengsiz qudrat sohibi boʻldim. Deya oyogʻini havodan yerga qoʻydi. Atrofdagilar motamda ammo faqat 2kishi jangga tayyor Biri Legend boʻlsa biri Kronvel edi. Orange uchun Legend qiziq emas shu sababli ham u etiborini Kronvelga qaratdi.
Orange katta tezlikda Kronvelga otildi ammo tezlik masalasida hali ham ustunlik Kronvel tomonda edi. Shu sababli ham Orangening tezlikga tayanadigan birin ketinlikdagi zarbalarini toʻsish qiyin boʻlmadi.
Ikki qudratli bir biri bilan zarba almashmoqda ammo bu oddiy tarzda emas. Orangening har zarbasi oʻliklarni yerdan sakratib yuborayotgan Kronvelni esa qilichda berayotgan zarbalari havoni ham aniq va tez kelayotgan edi.
Zarbalar davom etar ekan Kronvel oʻngdan chapdan tepadan yondan. Qanday boʻlmasin toʻsar edi ammo oddiy temir qilich ham ogʻir zarbalardan singani kabi. Kronvel qoʻlidagi oddiy qilich ham sinay deb qoldi. Oqibatda Kronvel- Legend!!
Shunda Legend qilichi bilan orqadan sakrab zarba berdi. Orange biroz chalgʻiganidan foydalanib Kronvel qilichini tezlikda qoʻlida aylantirdi va himoyadan hujumga oʻtib. Orange boʻyniga zarba berdi. Lekin qilich Orange boʻynini kesa olmadi.
Vaziyatni tushungan Kronvel bir qoʻlini yerga qaratib qizil sehr qildi va yerdagi oʻliklardan biridan. Tezlikda nekriamaniya yasadi. Oʻlik ichiga Kronvel sehri joylashdi va uni koʻrinishini oʻzgartira boshladi. Hattoki yerda yotgan qotib qolgan qonini ham qayta tortib olib. Oʻrnidan turdi. Ammo oddiy tarzda emas endi u qora soya zirh kiyib olgan qoʻlida esa qilich ushlab olgan Nekriamaniyaga aylandi.
Buni Kronvel yerdagi oʻliklardan biridan yasagan edi. Bu orqali oʻlikni oʻz oʻrni tomonga tortdi va oʻzi esa orqaga yurdi.
Bu vaqtda esa Legend Orangega ancha yaxshi yaxshi zarba berayotgan edi. Legend- toʻgʻri menda faqat bitta qilich kuchaytirish sehri bor. Ammo men undan hohlagan tarzda foydalana olaman deya baqirib. Hayolot olamidagi oʻsha tomchilab oqayotgan suvni tasavvur qila boshladi. Men buni juda yaxshi bilan otamni kuchi menga ham oʻtgan boʻlishi kerak ammo faqat boshqacha tipda. Men uni qila olaman.
Deya qilichni ushlab suvni tasavvur qila boshladi.
Bu vaqtda oʻzini zoʻrgʻa ammo koʻtarib olgan Gron jangga qoʻshilib tepadan sakrab ikki qoʻlini bir qilib Orange beliga urdi. Gron mana haqqing seni!
Lina esa qoʻlini uzoqda mostlab Oʻzini toʻliq anglay olmay qolgan Orangega qarata Portlash ishlatdi. Va kutilganidek Orange boshi portlab ketidi.
Ammo Kronvelni havotir zarracha ham pastlamagan edi aksincha ancha koʻpaygan edi shu sababli ham.
Kronvel- vaziyatni nazorat ostiga olish va holatni toʻliq baholash maqsadida oʻz sehrini ishlata boshladi. Qoʻlini oldinga choʻzdi va kaftini oldinga qaratdi. Tanasi tik turgan holda ammo bir tomoni oʻzgargan uning koʻz rangi qizil rangga kirib qoldi. Va qizil sehr jonlan! Deya buyurdi shu zahoti yerda ulkan qizil doira paydo boʻdi va yerda oʻlik boʻlib yotganlarni birin ketin nekroman ritsorlarga aylana boshladi. Ammo Alexiya bu holatni tushunib oʻz sehrini Sina tanasiga oʻtkaza boshladi.
Jin ursin boʻlishi mumkin emas.
Nega deya u Kronvelga qaradi va bu yerda yozilmagan haqiqat aylana boshladi. Sina tanasi ham nekriamaniyaga aylana boshlaganini oʻzi ham buni isbotlar edi. Sina oʻldi!
Alexiya- nega nega. Bu ahir rejalarda yoʻq edi-ku. Jin ursin bu rejalarni oʻylaydigan vaqt emas. Deya Sina tanasini ushlab. Yaxshi orom ol Kotiba qiz Sina deya uning koʻzlari ustidan qoʻlini yurgizib qoʻydi.
Bu vaqtga kelib esa Kronvel oʻz rejasini ishlata boshlagan edi. Nekroamlar ikki qoʻllarini oʻng va chap tomonga choʻzishib. Markazni Orange sifatida olib 6burchakga boʻlib burchak boʻlib turib olishdi. Oʻrtacha Nekroamlar soni 20ga yaqin boʻlgani uchun. Har bir burchak boʻlib turgan nekromaniya ortiga yana bittasi turib oldi.
Qolgan nekromanlar esa biri Legend biri Gron Biri Alexiya biri Lina oldiga borib ularni Orange tomondan qoʻllarini yon qilib himoya qilib turishdi. Va shu onda portlash tutuni sababli yuzi koʻrinmayotgan Orange oldiganga qadam tashladi. Hmm demak oʻynaymiz! Deya barmogʻini qarsillatdi. Va shu onda Sariq doira paydo boʻldi u bir deganda qizil doirani qamrab oldi. Va uni sindirib yuboradi lekin allaqachon Kronvel nekromanlarni nazoratiga olib boʻlgani uchun bu ularni oʻldirish uchun yetarli boʻlmadi.
Ammo bu boshqacha doira edi u och sariq rangdan sekin toʻqlasha boshladi. Va buuum Orange hursand edi.
Bir zumda Sariq doira oʻrab olgan diapazon tepaga qarab juda ulkan portlab ketidi. Ammo yaxshiyamki jamoani himoya qilib turgan nekromanlarga Kronvel ularni portlashdan qalqon boʻlishni buyurgan edi.
Tanalar portlash taʼsirida erib keta boshladi. Ammo ular oʻz ishlarini mukammal bajara olgan edi.
Orange tezlikda asosiy havf sifatida turgan Kronvelga otildi zarbalar ancha tezroq va ogʻirlashgan jang taktikasi ham sezilarli darajada oʻzgarib deyarli oyoqga tayanmaydigan Orange oyoqlari bilan ham hujumga oʻta boshladi. Lekin Kronvel qarshiligi juda kuchli yetmaganiga Kronvel zarablarga javob ham qaytara olmayotgan edi.
Bu vaziyat qaytib kelmasligini koʻrgan Legend qilichini qoʻliga olib raqibga otildi. Aaaaaaa!
Orqadan hujum ammo bir marotaba oʻxshadi degani har safar oʻxshaydi degani emas. Orange bu zarbani kutgandek kulib mana portlashi deya tepa va pastdagi qisqa metrlik masofani portlatdi bu zarba esa Legendni orqaga itarib yerga dumalatib yubordi.
Legend- men bunday oson taslim boʻlmayman deya oldinga yugura yotgan edi uning koʻzi. Grondan oqayotgan qonga tushdi. Nima nega u oʻzini yoʻqotishni boshladi! Yoʻq Legend oʻzingni qoʻlga ol uni boshqacha tassavur qilish kerak. Chuqur chuqur nafas olib. U qon emas u musaffo suv. Okeanlardan dengizga oʻtgan dengizdan esa daryolarga quyilgan. Juda shaffof va toʻyimli suv u oddiy suv emas. U dengizning soʻzidir dengiz oʻz suvlar orqali gapiradi. Ha aynan shunaqa u suv deya oldinga yugurdi. Shu onda Legend yuragi urushi tezlashadi qon tomirlari jipsligi oshdi huddi endi qondan tashqari qon tomirlardan yana nimadur oʻtayotgandek edi. Tanadagi suvlar qaynashni boshladi. Va koʻzlar olovdek yonib- men tushunib yetdim deya baqirib qilichini yonga qaratdi. Va suv tehnikasi sakrovchi toʻlqin deya qilichi orqali Orangega uzoqdan suv orqali hujum qildi.
Gorn
Oʻoʻoʻ Legend oʻz kuchini ochibdi ajoyib bu juda ham yaxshi. U oʻsyabdi ekan ammo men undan qolib ketmayman deya temir qoʻllar kuchi deya Orange tomonga otildi.
Alexiya- yoʻq bular shunchaki shu tarzda qolib ketishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Men albatta Sina sen uchun qasos olaman va bu tezda tugaydi. Men seni ruhing zerikib qolmasligini taʼminlayman. Deya qilichi bilan uzoq masofadan turib qilich energiyasi koʻrinmas energiyaviy zarba.
Lina- men yerda yotib qola olmayman men hujumlardan foydalanishim kerak. Bu mendan soʻngi hujum agar bundan tashqari yana ishlatsam albatta miyyam zarar koʻradi. Shu sababli ham bitta urinish deya qoʻliga bor diqqatini yegʻib siyoh rang quvvat portlash deya soyrang quvvatni dumaloq shaklda Orangega otdi.
Kronvel- agar jang birdaniga boshlansa buni uddalashimz mumkin men ham oʻz kuchimni ochish vaqti keldi. Men oʻzkuchimni ular kuchidan ham yaxshiroq chiqaraman deya qilichini orqaga tortib men diqqatni jamlayman va aniq hujum qilaman deya kuchini qilichga yegʻa boshladi. Bu qizin energiya edi ammo oddiy shaklda emas energiya tashqariga otilib ketaman degan darajada edi.
Kronvel- qizil quvvat deya zarba berdi.
Megumi bu vaqtda agar Barchasi bu tarzda ketsa men oʻz rejalarimda boʻlaman. Bu uchun esa menga koʻproq kuch kerak. Kechir Orange ammo endi seni kuchingdan foyda koʻrmayabman deya oʻz kuchini Orangedan tortib oldi.
Barcha zarbalar birlashdi va bir joyda toʻxtab qolgan har tomondan hujumga uchrayotgan Orangega kelib uruldi.
Legend- suv unsuri.
Gorn- juft temir qoʻllar.
Lina- portlovchi siyoh rang quvvat.
Alexiya- qilich energiyasi.
Kronvel- qizil quvvat.
Zarbalardan Orange qoʻllari orqali yuzini toʻsib himoyalanmoqchi edi ammo bu endi kech. Zarba Orangega tegdi ammo bu oddiy zarba eman haqiqiy kuchlar aralashmasidir. Zarbada kimdur oʻz kuchini topgan boʻlsa kimdir oʻz yaqinini yoʻqotgan. Shu sababli ham bu zarba nafaqat jismonan balki ruhan ham juda havfli edi. Va kutilganidek boʻlib chiqadi. Orange turgan diapazon zarba tufayli juda kuchli yerni oʻpirib yuboradigan darajada portlab ketdi. Hattoki Portlash rangi ham oʻzgarib turdi Siyoh rangda boshlanib qizil boʻlib tugadi. Va zarb diapazoni choʻzilmagan boʻlsa ham himoyasi kuchsiz uylarni yakson qilib tashladi.
U oʻldimi?
Boʻlishi mumkinki ha.
U kim boʻlmasin bu zarbadan tirik qolish imkonsiz!
Lekin meni koʻnglim negadur juda ham gʻash. Hoʻsh joyga koʻraylikchi nima qanday qilib?
Orange tanasi voqea joyidan gʻoyib boʻlgan edi. Ammo u oʻzidan tanasidan toʻkilgan qonni qoldirib ketgan edi. Alexiya- u qochib ketdimi lekin qanday?
Legend- balkim zarba taʼsiridan kuli ham qolmagandir. Bu qon esa qotib qolgani uchun oʻchmagandur.
Kronvel- unday ham bunday ham boʻlishi mumkin lekin muhimi biz uni yengdik bundan hursand boʻlish kerak!
Gron- biz gʻalaba qildik yaxshi. Ammo nimaga erishdim?
Faqat bitta raqibni yoʻq qilish uchun shuncha odam harakat qildi. Bu juda ham ogʻriqli va shuni oʻzi ham. Hali meni bunday yoʻnalishga tayyor emasligimni yaqqol koʻrsatadi. Gron qoʻlini musht qilib unga qaradi va agar koʻproq mashq qilsam albatta gʻalaba qilaman. Men bunga ishonaman!
Bugun havo biroz nam huddi osmon ham yoʻqotishlardan yegʻlayotganga oʻxshaydi.
Alexiya- sizlar ortimdan borasizmi?
Men shtabga ketaman deya Sinani yelkasiga ortib oldi.
Jamoa Alexiya bilan orqaga strategik shtabga qaytishga qaror qilishdi. Ammo Kronvel bu taklifni rad etib. Meni bu yerda qiladigan oʻta muhim ishlarim bor. Ularni tugatmasdan keraksiz joylarga bormayman deya ketadi.
Megumi bu vaqtda Hirmust uyidan turib vaqtizni yaxshilab kuzatib boʻlgan edi.
Agar hisob kitobim boʻyicha ketsa Brons shahri qulaydi. Va shunda men qaytib kelaman ungacha esa Orange bu yerlarda biroz daydib turaversin deya ketadi.
Urush qisqara boshladi. Oq Ritsor va Gakeru atrofni koʻproq bozorlarni aylanib yursa. Mahiru va Frendliy koʻngillilarni qoʻllayotgan edi.
Aniq shavqatsiz hujumchi qolmadi.
Urush tusi sekin asta oʻzgarib oʻzida charchoq koʻrsata boshlaydi.
Bu vaqtda esa Reyn imperiyasi Imperatori Algold Emperor maxsus General Silva qoʻshinini qoʻzgʻalonchilarni tor mor etishga joʻnatadi.
Ammo yuqori Generallar bu vaziyatga ortiqcha aralashishni hohlamaydi.
Ularning fikricha Alexiya bu yerda oʻzini koʻrsatishi zarur. Ammo bu rejaga Emperor qarshi chiqadi.
Bular hammasi mening hisobotim! Va yana bir narsani aytib oʻtishim kerakki. Urushdan bizning doʻkon zarar koʻrmadi va ularda yangi iliksirlarga talab oshdi. Biz urush orqali Yaxshi daromad topa olishimiz mumkin.
Artur- ajoyib ishladingiz yaxshi ortga qaytavering!
Mirinda- ortiqcha kuchlar taʼsirini sezyabman menimcha Hirmust bu qishloqni ham olish uchun ozroq askarlar yuborgan boʻlsa kerak.
Artur choy ichib oʻtirgan Netzerga qarab. Hal qila olasanmi? Deb soʻradi.
Choyini oxirigacha ichib ham boʻlmagan Netzer esa hursand koʻrinishda muammosiz deb aytdi.
Haqiqatdan ham Hirmust qoʻshin joʻnatgan edi ammo bir yoʻgʻi 50nafar askar holos.
Netzer tashqariga chiqib yoniga ikta qishloqni himoya qilayotgan askarlarni chaqirdi va hoy qolganlarga ham buyuring tezroq toʻplanishsin urush boʻladi deb aytdi. Buyruqni qabul qilgan askarlar (qaroqchilar) Tezlikda qishloq qoʻriqlash hizmati joylashtirish reja qilingan joyga borishdi. Eshikni oching! Hoy eshikni oching ichkaridagilar zerikishdan nima qilishlarini bilmay turishgan edi.
Qaroqchilardan biri- oʻoʻoʻ juda ham zerikarli. Yaxshiyamki karta bor ekan boʻlmasam oʻtirar edik nima qilishni bilmay.
2-qaroqchi- nimasini aytasan ertalabdan beri boʻshmiz. Eng qizigʻi shahar markazida juda katta jang ketyabdi. Oʻzi nega biz jangga kirmayabmiz hayronman ahir biz ham askarlarmizku? Qaroqchilikdan ketgan boʻlsak deya gapirgan edi qolganlar ham bosh irgʻab tasdiqlab qoʻyishdi. Atrof juda tinch ekanligi ularga yoqmayotgan edi. Tezroq biron jangga kirsagu raqiblarni ezib tashlasak deya bir birlariga hazil qilib oʻtirishar edi. Shunda eshik ochilib razvedkadagi qaroqchi hansirab havotir bilan. Hoy sizni Qoʻmondon Netzer chaqiryabdi. Dushman kuchlari bu yerga kelmayabdi ekan.
Askar bir deganda gʻalati boʻlishdi ammo ularni keyin xursandchilik egalladi. Oʻoʻ rostdanmi oʻzi juda ham zerikkan edik deya qurollarini qoʻllariga olishdi. Kimdur bolta, kimdur qilich, kimdur esa nayzalarni olib. Tashqariga chiqa boshladi.
Ular Netzer oldiga borguncha ham suhbatlashib keta boshladi. Ulardan biri oʻoʻoʻ juda ham yaxshi boʻlibdi oʻzi juda ham zerikib ketgan edik. Endi dushmanlarni ezib tashlab biroz hordiq olamiz deya bir birlarini kayfiyatini koʻtarishib. Netzer tomonga kela boshlashdi.
Netzer- juda ham hursand koʻrinasiz. Ish qilib jangda magʻlub boʻlmaysizmi?
Askarlardan biri- nima deganingiz bu janob Netzer bizdan havotir olmang. Biz yutkazmaymiz ularni bir necha soniyalardayoq ezib tashlaymiz. Haa albatta deya tasdiqlab qoʻyishdi.
Suhbat tugamasidanoq dushman askarlari qishloq ichiga kirib kela boshladi. Haqiqatdan ham aytilganidek 50ga yaqin askar. Ammo barchasi qoʻngillilar kuchlari. Yani haqiqiy askarlar emas!
Ular ham oʻzlaricha gʻalaba haqida gapirib kelishayotgan edi.
Shunda Netzer son jihatdan ustunlikni koʻridi ammo u ancha vaqtdan beri Artur bilan yurib. Ancha narsani oʻrganib olgan edi. Shu sababli ham uning koʻngli biroz gʻash boʻldi. Jin ursin menda nimadur boʻlyabdi. Biz son jihatdan ulardan deyarli 2barobar koʻpmiz ammo nega unda ulardan qoʻrquv bor. Yoʻq bu mendagi qoʻrquv emas bu sheriklarimga qoʻrquv. Ularni yutkazishini hohlamayman deya oʻziza oʻzi gapirib. Boltasini qoʻliga oldi.
Shunda dushman kuchlaridan faqat u otda kelgan bir kishi tushdi. U ham bilib turgan edi bu yerda son jihatdan deyarli Netzer kuchlari 2barobar koʻp ammo hamma joyda reja boʻlgani kabi. Dushman kuchlari boshligʻi shunchaki taslim boʻlishni reja qilmagan edi. Hoy dehqonlar.
Sizlarga bir taklifim bor men ortiqcha oʻlim tarafdori emasman. Shu sababli ham sizlarga bir taklifim bor.
Hullas ikki tomondan ham 2tadan odam chiqsin va bir birlariga qarshi jang qilsin.
Kimni jamoasi yutsa oʻsha yutkazganlar kuchlarini oʻziga qoʻshib oladi. Hoʻsh nima deysiz?
Bu biroz gʻalati eshitilishi mumkin ammo bu eng samarali yoʻl shunda barcha uncha manfaatli yoʻl boʻladi. Nima deysiz!
Netzerda oʻylanish boʻldi uning ortidagi askarlar uning buyrugʻiga soʻzsiz koʻnamiz degandek Netzerga qarab jim qolishdi. Toʻgʻri ular ham jang qilishni hohlashadi. Ammo bu jamoada buyruqni yoki taklifni Netzer beradi yoki qabul qiladi.
Netzer- oʻylanib qoldi u bu taklifga koʻnish ham koʻnmaslik ham unchalik koʻp narsani oʻzgartirmas edi. Ammo uning koʻnglidagi biroz ishonchsizlik sabab ham… Netzer roziman!
Shu tariqa dushman kuchlari va Netzer kuchlari dumaloq boʻlib maydon hosil qilishdi. Ular bir biriga iloji boricha yaqin turmaslikga harakat qilishsa ham. Ammo jang qiziq boʻlishi aniq edi.
Shunda Netzer kimni tanlashga oʻylanib turganida unga eng yaxshi variant sifatida.
Oʻzining oʻng qoʻlini koʻrdi. Chunki Netzerdan keyingi eng kuchlisi ainan u edi.
Hoy Norvel jangga kirasanmi deya savol qoʻydi.
Norvel esa huddi u chiqishi aniqdek ha men allaqachon tayyorman deya qoʻliga yerga qoʻyib qoʻygan qilich va qalqonini oldi.
Netzer- yaxshi tayyor boʻlsang chiqdik deya maydonga chiqishdi.
Maydonni bir tomonida dushman
