Dushman qoʻshini boshligʻi va yonida bir boʻydor askar. Ikkisi ham qoʻliga nayza ushlab olishgan edi. Ikkisida ham qalqon yoki qoʻshimcha qurol yoʻq.
Netzer- qoʻlida esa bitta bolta bor edi. Ammo Norvel qoʻlida qilich zirhlar va shlem yetmaganiga qalqonham. Bu holat biroz Netzer jahlini chiqargan boʻlsa ham. Emotsiyaga berilmadi.
Yaxshi unda jang boshlandi deya askarlar gap va shovqinni boshladi.
Jang boshidanoq Netzer oʻzi dushman kapitaniga otildi. Dushman kapitani nayzada oʻzini koʻrsatish uchun uzoq masofaga orqaladi. Lekin Netzer uchun bu holat birinchi marotaba emas. U allaqachon bunday holatlarga oʻrganib qolgani uchun oʻzining qoʻpol kuchidan foydalanib nayzaga urdi. Va nayza maydonidan yonga oʻtib yana kelayotgan nayza zarbasini ham qaytardi raqib oldiga otilishda davom etar ekan. Netzer boltasi bilan oldiga otildi agar shunchaki oldiga oʻtilsa Netzer shunchaki vaqtni choʻzgan boʻlib qolar edi shu sababli ham u raqibga juda yaqin kelib boltasi bilan uradigandek koʻrinib. Boltani osmonga otdi. Shu onda vaziyatga chalgʻib hayolini yoʻqotgan dushman ustiga esa ogʻir va kuchli gavdasi bilan otildi. Dushman ustiga tushib uni oʻz vazni bilan yerga yiqitdi. Shu onda dushman oʻrnidan turishga uringanida yerga tushgan boltani qoʻliga tezlikda olib raqib boʻyniga tutdi. Vaziyat hal boʻlgan kim yutgani aniq shu sababli ham dushman qoʻmondoni men taslimman! Deya jangdan chiqdi.
Ammo afsuski yana bir odam taslim boʻlganini aytdi. Lekin ovoz juda ham tanish. Bu Norvel edi u taslim boʻlgan edi.
Nezer oʻrnidan turib qaragan ediki. Norvelni qilichi ham qalqoni ham yerga tushib ketgan oʻzi esa oʻtirib qolgan edi unga esa raqib nayzasini tutub turgan edi.
Vaziyat juda ham Netzer jahlini chiqarib yubordi va dushmanga otilib ketdi. Norveldan nayzasini olib hujumga oʻtgan dushman esa qarshisida qay darajada kuchli odam turganini bilmas edi.
Netzer- nayza zarbalaridan gavdasiga qaramasdan ancha mohirona qochdi va sakrab boltasi bilan urmoqchi boladi.
Ammo raqib nayzasini tezlikda tortib oʻzini toʻsib oldi. Ammo Netzer zarbasi oddiy emas ancha vaxshiyona va bosimli edi. Shu sababli ham zarba nayzani ikkiga osonlik bilan boʻlib tashladi. Va tezlikda bolta tigʻini raqib boʻyniga tutdi.
Gʻalaba!
Bu raqib ham taslim boʻldi. Ammo bu magʻlub boʻlgan gʻalaba edi. Netzer- jismonan qanchalik kuchli ekanligini koʻrsatgan boʻlsa sheriklari qay darajada zaif ekanligini koʻrgan edi.
Netzer- gʻalaba tufayli sal oʻzini oʻnglab oldi.
Bu orada Mirinda Netzer bilan oʻta muhim va favqulodda kengash boʻlishini aytib Artur uyiga chaqirdi
Shu sababli ham dushman kuchlarini tashlab Netzer kengashga ketishga majbur boʻldi.
Bu yoqda esa ikki kuch bir biriga qarab qolaverdi ammo ular bir biriga hujum qilishmadi.
Bir vaqtdan biroz oldin. Artur Rian bilan atrofni tekshirish uchun tashqariga chiqgan edi.
Shunda Arturni ohtarib kelgan jamoani koʻrishdi. Bu jamoa Kronvel va boshqalar edi. Hattoki Alexiya ham kelgan edi.
Artur bu yerda yaxshi suhbat boʻlmasligini ularning yuzidan tushunib. Vaziyatni yengilroq qilish maqsadida. Oʻxoʻoʻ Alexiya seni shu yerda bilinadi jamoangga qanday sovuq munosabatda ekanliging. Qoʻshning shaharda urishmoqda sen esa bu yerdasan. Deya yengil unchalik qattiq tegmaydigan hazil qilib qoʻydi.
Va Arturni koʻrgan Kronvel.
Artur oldiga sekin keldi va bir tizza bilan tiz choʻkdi. Salom lord Artur Warhen mana biz va nixoyat uchrashdik. Dedi Artur vaziyatni mohirona oʻz tomoniga oʻzgartirib kelishingni bilar edim Kronvel deya hotirjam ammo magʻrurli gapirdi.
Alexiya- hayron qoldi nima Kronvel! Aaaa.
Shu tariqa hozirgi holatga yetib keldik. Endi Artur uy ichi odamga toʻla edi.
Bir tomonda nega urushga chiqmading deb gʻazab va soʻroq bilan oʻtirgan Alexiya va Lina boʻlsa.
Yana bir tomonda Kronvelni kim va qanday qilib bunchalar kuchli ekanligini soʻrayotgan Gron va Legend.
Yana bir tomonda esa bular kim deb havotirda oʻtirgan Klavus va Netzer.
Yana bir tarafda esa Mirinda bilan tanishayotgan Kronvel. Va Atrof muhitga juda diqqat bilan etibor berayotgan Rina.
Kronvel- atrofidagilar bilan tanishib chiqishi unchalik ham koʻp vaqt olmadi.
Mening ismim Kronvel deya yuzidagi niqobini yechib. Men Artur Warhenning qoʻmondonlaridan biriman. Tanishganimdan xursandman deya gapini yakunlab qoʻydi.
Aslida qoʻmondonlaridan biri emas shunchaki Artur- Kronvelga kuch berganida kelajakda mening qoʻmondonlarimdan biri boʻlasan degan edi.
Shu tariqa urush ancha muncha sovib qolgan boʻlsa ham ammo davom etayotgan odamlar jon talvasasida qochayotgan. Onalar oʻz bolasining oʻlimi uchun jon berib yegʻlayotgan. Opa va singillar oʻz aka va ukalarining oʻlimidan ruhiy shok holatiga tushib qolgan. Yosh bolalar koʻchada dada oyi deb baqirdi yurgan. Askar men vaqtim uchun yana jang qila olaman deya qilichini qoʻliga olib oxirgi kuchi bilan dushman tomon oʻtilayotgan bir vaqtda. Bizning jamoamiz Artur uyida oʻtirib qizgʻin va quvnoq suhbatni olib borishar edi. Legendning Kronvel kuchini diqqat va hayrat bilan eshitishidan tortib. Rina va Mirinda atrof haqidagi razvedka maʼlumotlarini oʻzlari uchun juda qiziqdek. Bir chetda suhbatlashib turishlaridan tortib. Arturni nega urushga kelmading deya uni soʻroq qilayotgan Alexiya va Linagacha. Ular urush haqida zarracha ham oʻylashmadi. Ular bir deganda hayotga berilib ketishdi. Va insonlar haqida unutishdi!
Ertasi kun.
Kecha boʻlgan bayramdan soʻng hamma oʻz uyiga tarqalib ketgan edi. Faqat Kronvelni uyi boʻlmagani uchun u Klavusnikida qolgan edi.
Ertalab esa tunda reja qilinganidek Artur Netzer Klavus Kronvel Rina va Mirinda.
Artur stul ustida stol yonida. (Bazi joylarida adashtirib yuborgan boʻlishim mumkin.)
Hotirjam choy ichib oʻtirar edi. Hammani koʻzi unda ammo Arturni bu darajada hotirjam ekanligini oʻzi ham atrofdagilarga. Men Kronvel kelishini bilar edim hoʻsh nima qilibdi degandek.
Artur issiq choy quyilgan yogʻochdan yasalgan qadaqni stol ustiga qoʻyib.
Ha Kronvel sen kelganing juda ham yaxshi boʻldi deya juda hotirjam gap boshladi.
Kronvel- bu dunyo haqida bilimlarim juda ham kam. Shu sababli ham men kelgan boʻlsam ham unchalik koʻp narsa qila olmayman. Ammo kelishganimizdek men sizga sadoqat bilan xizmat qilaman Lord Artur. Deya hotirjamlikni sal sovutdi bu atrofda oʻtirganlarning Artur oʻta hotirjam boʻlishgani uchun oʻzlarini biroz yomon his qilishayotgan edilar. Va ainan shu gaplar ularga biroz tasallidek bemalol oʻtiringlar degandek edi.
Artur tezroq gap boshlash kerak ekanligini tushundi va. Hoʻsh unday boʻlsa men bizning qishloq yoʻq. Endi bu qishloq emas qirollik qurish rejalarimiz boshlandi deb eʼlon qilaman! Deya gapni qizdirib biroz hursand boʻlib atrofga qaradi.
Klavus- nima qirollik! Lekin qanday qilib deya gapga oʻzgacha reaksiya bildirdi.
Artur- hoʻsh Kronvel- sen nekronaniya qila olasan toʻgʻrimi?
Kronvel- ha toʻgʻri ammo bu dunyoda chegaram qancha ekanligini bilmayman!
Artur- yaxshi bu ishchi kuchini qoplab ketadi.
Hoʻsh Kronvel sen 4-oʻlchamga seni tushurgan sayyoraga partal ocha olasanmi deya biroz hursand va soʻroq ovozida soʻradi?.
Kronvel- ha ammo qanchalik uzoq ushlab tura olaman bilmayman. Lekin ocha olaman!
Artur- ajoyib bu yetarli hoʻsh unda meni maqsadimni eshiting.
Biz 4-oʻlchovli sayyoraga boramiz. Va u yerda 0dan qirollik quramiz. Biz hech kim yashamaydigan joyga borib joylashamiz. Ammo bu dunyo asosiy uylarimizdan biri boʻlib qoladi. Odamlar bu oʻlchamga va u oʻlchaga bemalol kirib chiqa oladigan qilamiz.
Klavus- men sizning maqsadingizni Yaxshi tushunaman janob Artur. Ammo bitta qirollik tugul bitta qishloq qurish uchun ham 10yillab vaqt ketadiku. Biz buni qanday qilamiz yoki nima biz boʻlmasangiz avlodlarimiz degandek sekin asta boshlaymizmi?
Artur- yengil yaxshi kayfiyat bilan. A yoʻq u yerda vaqt va holat umuman boshqacha boʻladi. Menimcha biz bitta qirollikni 2yilga qolmasdan ham qura olamiz!
Klavus- 2yil deya hayratni tutub tura olmadi. Va ichida Lord Artur shu darajada buyuk odammi bitta qirollikni 2yilda qura oladigan va oʻlchovlar orasida bemalol yura oladigan darajada deya oʻz hayratini tutib tura olmadi!
Urush davom etar ekan. Taʼsir doirasi keskin qisqara boshladi.
Orange oʻlimi tufayli Mahiru rejalarni qayta koʻrib chiqishga majbur boʻldi.
Bu vaqtda esa Megumi- Hirmust uyida turib uydagi devorga qarab. sen bilan kelishuvimiz tugadi!
Endi menga Oq Ritsor ham umuman kerak emas. U mening uchun faqat halaqit shu sababli ham uni oʻzingga olib qolishning mumkin. Ammo endi meni bezovta qilma chunki senga boshqa yordam berishni reja qilmaganman. Va aytgancha Setrionga ham yetkazib qoʻy. Men u bilan ham ishlashni reja qilmaganman shu sababli ham meni boshqa bezovta qilmanglar. Agar bu men uchun muammoga aylansa mendan yaxshilik kutmanglar! Deya toʻsatdan xonadan gʻoyib boʻldi.
Va u qarab gapirib turgan devorda qizil qonli suyuqlik bilan yaxshi degan yozuv paydo boʻldi.
Rina- bilasizmi bu urush choʻzilib ketdi menimcha. Uni tezroq tugatish kerak deb oʻylayman. Bilasiz yangi rejalar ustida ish ketmoqda. Bu holda bizni yangi iqtisodiy zonamiz boʻlgan Brons shahrini tinch turishi. Biz uchun juda ham muhim shu sababli ham urushni tezroq yakunlash kerak! Deya majlisdan soʻng rejalar ustida ishlayotgan Arturga aytdi. Artur qogʻozga qandaydur chizmalar chizib oʻtirar edi. Artur- ochigʻini aytsam men oʻzimni koʻrsatgim kelmayabdi shu sababli ham bu urushni choʻzishdan foyda boʻlmagani kabi. Bartaraf etishdan ham uncha foyda koʻrmayabman. Urush boʻlsa nima qilibdi har holda mahsulotlar sotuviga bu katta taʼsir qilgani yoʻq boʻlsa. Bundan tashqari kecha Alexiyani kayfiyati juda ham yaxshi edi menimcha u ham urushda yutishiga ishonadi. Shu sababli ham havotir olishga hojat qolmadi.
Rina- ammo xiyonatkorlarchi? Ular nima boʻldi ahir Alexiya atrofni xoinlar oʻrab olgan. Ular shunchaki qolib ketsa boʻlmaydi ularni ham yoʻq qilish kerak. Bu bizni Alexiyaga bizga qilgan yaxshiliklari uchun rahmat boʻladi. Va bundan tashqari men hayotdaman. Ahir siz Mayor boʻlsangiz nega urushga hali ham chaqirishmadi. Toʻgʻri Alexiya kecha charigan edi ammo u ham jiddiy emas!
Artur- chunki men Maxsus guruhni boshqaraman ammo u guruhni menda boshqa azosi yoʻq. Shu sababli ham guruh tuzilganiga qadar men dam olishdaman. Qonunan olib qaraganda ular menga hozir oylik toʻlashmas ekan meni urushga chaqish mumkin emas.
Rina- urush qachon tugaydi deb oʻylaysiz!
Artur- Rinaga qarab jilmayib- havotir olma agar toʻgʻri hisob kitob qilgan boʻlsam u yaqin kunlarda tugaydi deb aytdi.
Ertalabdan eng eʼtiborli odam Artur ham emas edi. Bu Netzer va Kronvel edi. Ular va qishloq askarlari (qaroqchilar) ertalabdan yugurishga chiqib ketishgan edi. Netzer- haa- haa-haaa qani askarlar tezroq tezroq hozir qolib ketasiz. Deya shijoat va gʻayratga toʻlib yugurib ketar edi.
Qani tezroq tezroq. Ertalabdan yugurish tanamiz uchun juda ham foydali boʻladi tezlashamiz deya jamoani shijoatini koʻtarib ketar edi. Ular yonida esa Kronvel ham yugurib ketar u koʻproq bu orqali atrofni kuzatar va oʻrganar edi.
Qani boʻlinglar!
Bir ikki bir ikki bir ikki! Yugurib kelib toʻxtab qolmaslik juda ham muhim yosh mutantlar.
Qani mashqda davom etamiz deya ularni har xil odatiy mashqlarga majburlar edi. Ammo uning mashqlari haqiqatdan ham foyda ustiga qurilgani uchun. Ancha vaqtdan beri faqat yeb ichib yotgan askarlar uchun qanchalik qiyinlik qilmasin bu mashqlar ular uchun foydali. Boʻlgani uchun ular mashqlarni bajarishayotgan edilar. Netzer- qani yigitlar taslim boʻlish boʻlmasin. Kimki toʻxtab qolsa u Ritsor emas!
Bu vaqtda oq Ritsor va Gakeru bozorlar boʻylab aylanib yurishar edi. Gakeru- hoy mobodo bilmaysanmi? Qizlarga qanday taqinchoqlar yoqishini!
Bozor boʻylab ular aylanib yurishar ekan atrofidagi odamlar ularni koʻrib turgan odamlar ham qarshilik qilishni hohlashmas edi. Hattoki uni oʻldirishga ham urinishmayotgan edi. Bunga sabab Gakeru Oq Ritsor bilan suhbat olib borar ekan hech kimga etibor bermas. Atrofdagilar uchun havf degan taʼsurot qoldirmayotgan edi. Shu onda bir boshidagi dublgʻasi zoʻrgʻa turgan yosh. Askar yoʻllaridan chiqib qoldi. Hoy siz. Zoʻrgʻa qoʻrquv bilan gapirib. Sizlar dushman kuchlaridanmisiz?
Askar qoʻlidagi qilich bilan juda ham qaltirab turar edi. Uning koʻrinishi unchalik ham baland emas. Gavdali ham emas oriq tanasiga hattoki dublgʻasi ham unchalik tushmayotgan edi.
Ammo bozordagi taqinchoqlarni koʻzdan kechirayotgan Gakeru uchun. Uning zarracha ham qizigʻi yoʻq edi.
Ammo bunday yosh yigitni vaxshiy oq Ritsor qoʻliga tashlab qoʻyishni hohlamadi.
Gakeru- hoy yigitcha! Bilasanmi hozir sen uchun qandaydur imkoniyat bor on emas.
Tinchgina uyinga boraqol havotir ola hech kimga aytmayman. Deya Gakeru uni haydashga urindi lekin. Ritsor- chuqur va tez nafas olib. Ovozingni oʻchir dushman!
Men seni shu yerni oʻzida yoʻq qilaman.
Deya qilichi bilan oldinga otildi. Ammo foydasiz urinish va past aniqlik tufayli. Unda Gakeru osonlik bilan chetlab oʻtgan edi. Yigitning qilichi oldinga otilib Ritsor muvozanatni yoʻqotdi.
Ammo Gakeru orqasida savdo doʻkonida uy havfli boʻlib qolgani uchun onasi bilan birga chiqgan. Va onasi berkinib turganida toʻsatdan Gakeruni orqasidan qiziqish tufayli kelayotgan. 3yoshli bolakay bor edi.
Ritsorni qilichini koʻrib qoʻrqib ketgan bola qoʻrquvdan yerga oʻtirib qoldi. Va shu onda Gakeru yosh Ritsorni boʻynidan ushlab qoldi va. Gakeru- hoy yigitcha ehtiyot boʻlsang boʻlmaydimi? Agar ulgurmaganimda nima boʻlar edi?
Boy yoʻqol yigitcha. Hozir senga ortiqcha vaqtim yoʻq deya uni boʻynidan bir qoʻlida ushlab. Bir chekkaga qoʻyib qoʻydi.
Oq Ritsor- yoʻgʻon ovozi bilan.
Oʻzi Gakeru senga taqinchoq nega kerak boʻlib qoldi.
Gakeru- biroz uyat ovozi bilan. Heh ayni kerakli savolni berdingda. Hullas yoqtirgan qizimning tugʻilgan kuni bugun. Bugun kechga yaqin orqaga qaytib ketaman shunda unga soʻvgʻa qilmoqchiman biroz qimmatroq narsa. Shu sababli ham bozorma bozor yuribman. Tezroq narsa topganimda edi uni koʻrishga oshiqyabman.
Oq Ritsor u ham qora ritsorlar jamoasidanmi? Gakeru- ha u ham qora ritsorlardan. Ammo men unga koʻpincha sen hayotingni havf ostiga qoʻyib jang qilishing shart emas deb aytaman.
Ammo bugun men unga bozordagi eng qimamt taqinchoqni sotib olib. Sevgi izhor qilish haqida oʻylayabman.
Agar rejalarim oʻxshasa u albatta meniki boʻladi. Ha bunga ishonchim komil!
Oq Ritsor- unday boʻlsa juda ham yaxshi senga odam tilayman. Deya suhbatni yakunlab qoʻydi. Shu tariqa Gakeru va Oq Ritsor oʻz eʼtiborlarini jangga emas bozorma bozor aylanishga qaratishdi.
Bu vaqtda esa Artur oʻz rejalarini pratatipi ustida Kronvel bilan mashq qilar edi.
Artur- demak senga oʻlik kerakmi? Hmmm
Qabristondan oʻlik ham boʻladimi?
Kronvel- ha u ham boʻladi ammo bu oʻliklarni taxqirlash boʻlmaydimi?
Artur- hmm bu ham toʻgʻri ammo bizga cheksiz mehnat qila oladigan ishchi kuchi kerak. Men senga aytganimdek 15foiz kuchim bilan unchalik ham koʻp narsa qila olmayman. Shu sababli ham nokromanlarni menga ham foydasi tegishi mumkin.
Hmm unday boʻlsa nima qilamiz barchasini
Hozirdan hal qilishimiz kerak.
Kronvel- men bularga qarshi emasman. Ammo birinchi etiborni urushga qaratish yaxshi variant emasmi?
Artur- havotir olma mening hisob kitobimga koʻra urush oxiriga yaqin bitta qahramon paydo boʻlib hammani qutqarishi kerak.
Bu yerda men bosh qahramon boʻlmoqchi emasman.
Shu onda yer mana miqdori sekin koʻtarila boshladi. Buni sezgan Artur- ana menimcha oʻsha bosh qahramon keldi!
Kim kelgani qiziqmi.
Kronvel- koʻrsam yoʻq demayman!
Unda yaxshi ketdik tashqariga deya koʻchaga chiqishdi.
Haqiqatdan ham Brons shahri osmonida bir inson turar edi.
Artur- hmm menga juda ham qiziq u kim ekan?
Osmondagi shaxs bu Harder edi.
Harder- menimcha bu yerdagi jang kuchayib ketdi. Buni toʻxtatish kerak koʻrinadi. Harder- oʻz qilichini qinidan chiqardi. Va agarda bu yerda kuchli inson boʻlsa undan tezroq menga qarshi chiqgani maʼqul.
Mahiru- men tezlikda Iwashitadan buyruq oldim ortga qaytamiz. Baribir kuchimiz Harderga yetmaydi. Men Gakeruga aytaman sen esa ortga qaytaver Frendliy!
Frendliy- Yaxshi Mahiru unda tezroq ortimdan yetib olding. Deya gʻoyib boʻldi.
Harder- oʻoʻoʻ kimlardir ketishayotgan koʻrinadi. Ha mayli qiziq emas baribir ular juda kuchsiz. Ular uchun alohida tomosha qoʻyib bermoqchi emasman hammasini bittada yoʻq qilganim yaxshiroq. Deya qilichini osmonga koʻtardi. Va Buyuk yorugʻlik deganida qilichi ham koʻz rangi kabi oq tursa kirib oldi. Qilichdan chiqayotgan mana oddiy emas ammo juda ulkan manani qilichiga yegʻa boshladi. Va tepaga koʻtargan holda tepa oʻngdan past chapga qarata qilichini yarim yon shaklida pastga havoni kesib oʻtdi.
Bu qobiliyat oddiy emas edi. U insonlar ichidagi yorugʻlikga oyida manani tepaga chiqarayotgan edi. Birin ketin insonlar manasi tanadan koʻtarila boshladi.
Va tanadan ham koʻtarilishdi.
Ular huddi bir joyga toʻplanishayotgan edi.
Artur- juda jiddiy ovozda hoy Kronvel agar senda yorugʻlik manasi boʻlsa. Tanang ichiga berkitib yubor yoʻqsa undan ayrilib qolasan. Deya Kronvelni ogohlantirib qoʻydi.
Bu vaqtda esa yerdagi Mahiru- ham ketayotgan Gakeru esa allaqachon ketib boʻlgan. Oq Ritsor- esa hududdan chiqib ketgan edi.
Harder- yaxshi insonlar unday boʻlsa oʻz kuchingiz bilan oʻzingizni magʻlub qilaman. Deya tortilayotgan manani qoʻliga yegʻa boshladi.
Bu mana kam emas edi. Koʻplab insonlardan tepaga huddi oq dumaloq koptok kabi koʻrinishga kirib olib osmonga koʻtarilar edi.
Harder- barchasini qoʻliga yegʻib boʻlib esa qoʻlini havodan yerga qaratdi va bir deganda.
U qaratgan joydan yer tagidan katta miqdorda nimadir bosim orqali tepaga otilib chiqishiga urinayotgan edi. Yerni birin ketin yorib oʻzidan shovqin qoldirayotgan bu narsa. Bir deganda yerni eng tepa qatlamini yorib oʻtidi va 4tomonga harakat qila boshladi. Bu qobiliyat yorugʻlik edi.
4tomonga harakat qilayotgan bu kuch hech bir insonni chetlab oʻtmadi uzunligi 50metrdan ham oshadigan bu yorugʻlik. Uylar va koʻchalar orasidan. Oʻtar ekan
Uylarga ham odamlarga ham zarar yetkazmas edi. Unda bu qobiliyat nima qilar edi javob oddiy. U qoʻrquv va bosim quroli edi u zarar yetkazmas edi. Ammo dushmanlarni Harderdan qoʻrqib qilich tashlashlari uchun bu qobiliyat yetarli boʻlar edi. Va rostdan ham bu oʻxshadi qobiliyat ichidan oʻtgan askarlar qoʻllaridagi qurollarini yerga tashlab yubora boshlashdi. Va ularni oʻzlari ham tiz choʻkkan holda yerga oʻtirib qolishar edi. Zarba psixologik jihatdan insonni qoʻrqitish uchun yetarli kuchga ega boʻlgani tufayli. Bu yerda dushman kuchlarida boshqa yoʻl ham yoʻq edi.
Bu jangni ancha erta tugashiga olib keldi. Ammo bu urushda kim yutdi?
Hech kim hech kim yutmadi!
Hirmist yutdimi? Ahir u Alexiyaning Brons shahridagi mudofaasi qay darajada zaif ekanligini koʻrsatib berdi. Yoʻq chunki Hirmust oʻz rejasini amalga oshira olmadi. U toʻgʻri harakat qilmadi va shu sababli ham u gʻalaba qilmadi ul mutlaqo magʻlub boʻldi.
Unda kim yutadi Alexiya yutdimi? Ahir u shunday ogʻir vaziyatda ham dushman kuchlarini qaytarib yubordi. Va bundan tashqari uning qilgan ishlaridan keyin halq orasida ham obroʻsi oshishi aniq!
Yoʻq chunki u juda koʻp yoʻqotishlar berdi. Ichkaridan xiyonatlarni koʻrdi va hattoki shunchaki harakat qilib ham oxirgi zarbani bera olmadi.
Unday boʻlsa Harder yutdimi? Chunki u oxirida kelgan boʻlsa ham ammo halq orasidagi qahramon nomini ancha mustahkamlab oldi. Va Brons shahri aholisining unga boʻlgan ishonchi oshdi.
Yoʻq chunki u qanchalik oʻziga muhlis orttirgan boʻlsa shunchalik dushman ham orttirib oldi. Biron muhim odamini yoki oila azosini yoʻqotganlar u nega kech keldi ahir shu darajada kuchli ekan. Urush boshlangan zahoti tugata olar edi. Nima uchun bunchalik qolib ketdi. Deya gʻazab ayrim odamlarda gʻazab uygʻondi.
Bu urushda hech kim yutmadi deyish ham aslida hato.
Bu urushda uyiga bora olganlar yutdi.
Men uydaman desa keldingmi bolam deya kutib olgan onalar yutdi.
Akasi yoki ukasini qayta koʻra oladiganlar yutdi. Va dadasini yana bir bor mahkam quchoqlay oladiganlar yutdi. Ular haqiqiy gʻoliblardur. Ammo ular buzilgan uy tikilgan qon va tuzalmas jarohatdan boshqa hech narsani.qoʻlga kiritishadi. Ular gʻalaba qilishdi ammo asosiy gʻolib boʻlishi kerak boʻlganlar magʻlub boʻldi. Shu sababli ham bu urush ikki tomon uchun ham befoyda va shunchaki ortiqcha vaqt sarflash boʻldi. Lekin shu befoydalik uchun koʻchada buzilgan uylar yoʻllar orasida bolalar yegʻlab baqirib dada oyi qayerdasiz deyishmoqda.
Shu befoydalik uchun odamlar tanasining eng muhim qismidan ayrilib nima qilarini bilmay qolmoqmoqda.
Va shu befoydalik uchun odamlar koʻzidan yosh va tanasidan qon chiqmoqdi.
Urushda gʻoliblar boʻlmaydi faqatgina koʻziga parda tushganlar boʻladi. Ular oʻzlarini biz yutdik deb oʻylashadi aslida esa hech kim yutmagan boʻladi.
Ammo buni hali ham tushunib yetmagan Reyn imperiyasi urushni davom ettirayotgan edi.
Brons shahri urushlari boʻlimi
yakuniga yetdi.
